Maktab tarixi

Maktabning yaratilishi haqidagi ma'lumotlar

                 Qashqadaryo viloyati Qarshi  shahar                        32- umumiy o'rta ta`lim maktabi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib, u o’quvchi yoshlarga davlat ta’lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o’rta ma’lumot beruvchi kunduzgi majburiy ta’lim  muassasasidir.

Maktabda ta’lim o’zbek tilida olib boriladi.

32-umumiy о‘rta ta’lim maktabi  Ismat Shukurov nomi bilan atalgan. Maktab  binosi 1990 yili loyiha asosida qurilgan, 1990 yil avgust  oyida ishga tushgan.  Bino 3 qavatli. Sinf xonalari jami 35 ta. Shundan 12 tasi fan xonalari. 1 ta kasbga yо‘naltirish xonasi mavjud. 1124 o’quvchiga muljallangan.   Maktabning umumiy maydoni–13000 mkv teng.

Gulsara Raimova  1990 yildan 2004 yilgacha maktabda birinchi rahbar sifatida o’z faoliyatini olib borgan bo’lib,  maktabda o’quv jarayonlari tartib bilan tashkil etilgan.  Darslar ikki smenada, 11 yillik — о‘qitish о‘zbek tilida olib borilgan. Maktabning yuridik shaxsni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish tо‘g‘risidagi guvoxnomasi (№ 17713) mavjud. Maktab hokimiyati tomonidan 2011 yil 12 dekabrdagi X-962/12-sonli qarori bilan qayta rо‘yxatga olingan Qarshi shahar XTMFMTTEB mudiri E.Niyozov tomonidan tasdiqlangan. Maktabda shtat jadvali bо‘yicha 76 nafar pedagog, amalda 76 nafar pedagog faoliyat kо‘rsatgan.

Samadova Marxabo Axadovna 2004 yildan 2012 yilgacha rahbar sifatida o’z faoliyatini olib borgan.

Ravshanov Ibroxim Kenjayevich 2012 yildan hozirgacha rahbar sifatida o’z faoliyatini olib bormoqda. 9-yillik ta’limni qarmab olgan bo’lib, hozirgi kunda о‘quvchilar kontingenti 1003 nafarni tashkil etadi. Maktabda shtat jadvali bо‘yicha 76 nafar pedagog, amalda 76 nafar pedagog faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.

Hozirda 2016 oquv yilida maktabimizda 1003 nafar o’quvchi yoshlar talim tarbiya olmoqda.

Qarshi shahridagi «Zog’za», «Qurg’oncha», «Navro’z», «Uzumzor» kabi mahallalarda yashovchi xalqimizning farzandlarini o’z  bag’riga oladi.