Tarix

Tarix fanidan to'garak

Hamrayeva Gulnora 

«Yosh huquqshunoslar»

Sinflar: 8-9 sinflar

To’garak kunlari: Payshanba
Vaqti: 14:00 dan 15:00 gacha
Joyi: 5-B sinf xonasi

Raximova Xafiza

«Yosh tarixchilar»

Sinflar: 8- sinflar

To’garak kunlari: Payshanba
Vaqti: 14:00 dan 15:00 gacha
Joyi: 8-A  sinf xonasi

Yaxyoyeva Gulchehra

“Tarix va kelajak”

Sinflar: 5- sinflar

To’garak kunlari: Chorshnaba
Vaqti: 14:00 dan 15:00 gacha
Joyi: 8-A  sinf xonasi

Xudoyberdiyeva Dildora

“O’tmish va kelajak”

Sinflar: 5-6- sinflar

To’garak kunlari: Payshanba
Vaqti: 14:00 dan 15:00 gacha
Joyi: 8-A  sinf xonasi

Tarix oʻtmish voqealar haqida axborot ochish, yigʻish, tartiblashtirish va namoyish etish bilan shugʻullanuvchi fandir. Tarix bilan shugʻullanuvchi olimlar tarixchilar, deb ataladi. Tarix fani voqealar ketma-ketligini tahlil etadi va ularning sabab va samaralarini tizimlashtiradi.[1][2] Tarixchilar tarix tabiati va foydasi ustida bahs olib borishadi. Bunda ushbu fanning oʻzi ham oʻrganiladi va zamonaviy muammolarni uning yordamida hal qilishga uriniladi.[1][3][4][5] Biror madaniyatga oid, biroq tashqi manbalarga asoslanmagan hikoyalar (masalan, Alpomish haqida asotirlar) tarixiy mavzu emas, balki madaniy meros sanaladi.[6][7]

Tarix — 1) tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu maʼnoda olamning yaratilish T.i, Yer T.i, barcha fanlar T.i va boshqa tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli boʻlgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar oʻtmishi taraqqiyoti jarayonini oʻrganuvchi fan.

T. fani — insoniyatning butun oʻtmishi davomida jamiyat hayotida sodir boʻlgan voqea-hodisalar, jarayonlarni (jamiyat rivojini) yaxlit bir tarzda oʻrganadi. T. fani ijtimoiygumanitar fanlar (falsafa, sotsiologiya, iqtisod, psixologiya, sanʼatshunoslik va boshqalar) tizimining tarkibiy qismi. T. fanining bu guruhdagi oʻrni uning tadqiqot predmeti va usullari bilan belgilanadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini oʻrgansa, T. fanining tadqiqot obʼyekti — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining oʻtmishi va hoziri haqidagi faktlarni yigʻish, taxlil qilish, toʻplangan bilimlarni maʼlum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. T. fani oʻtmishda sodir boʻlgan jarayon va hodisalar orasidagi oʻzaro bogʻliklik, ularning ildizi, T.ni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantigʻi va maʼnosini koʻrish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar T. tadqiqotlari natijalarigatayanadi. Fanlararo yondoshuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, oʻtmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini koʻra bilishdek muhim vazifani xal qiladi.

T. fanida, boshqa fanlarda boʻlganidek, muqarrar ixtisoslashuv amalga oshmoqda. Hozirgi zamon T. fani alohida boʻlimlar va sohalardan tashkil topgan bilimlar majmuidir. Ixtisoslashish darajasiga koʻra, ularni bir necha guruhga ajratish mumkin. Birinchi gurux,ni jamiyatning (jahon T.i) butun va alohida tomonlarini oʻrganuvchi boʻlim va sohalar tashkil qiladi. Insoniyat T.ining ayrim hodisalari alohida oʻrganiladi. Jahon T.i ibtidoiy jamiyat T.i, oʻrta asrlar T.i, yangi va eng yangi T.ga boʻlinadi. Hududiygeografik tamoyilga koʻra, tarixan bir-biri bilan bogʻliq yirik rnlar (Yevropa va dunyoning boshqa qismlari, Qad. Sharq, Oʻrta Osiyoning baʼzi regionlari) va alohida mamlakatlar hamda xalklarga ajratiladi. Kompleks muammolarni tadqiq qilish bir guruh mamlakat va xalqlar T.ida roʻy bergan bosqichiy davrlarni va hodisalarni (Uygʻonish davri, Reformatsiya T.i va boshqalar) oʻrganish zaruratidan kelib chiqadi. Jahon T.iga global yondashuv bilan bir qatorda mikro tarix (shahar va qishloklar, alohida shaxslar, kundalik maishiy turmush) ham oʻrganiladi. T.ning alohida tomonlarini oʻrganish T. fanining alohida sohalarini ajratishni taqozo qildi (mas., harbiy T., siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, din, fan, xotinqizlar T.i va tender tadqiqotlari, sanʼat, intellektual, madaniyat, diplomatiya T.i va boshqalar).

Ikkinchi guruhni yordamchi va maxsus T. fanlari tashkil qiladi. Ularni alohida T. fanlariga ajratilishi va rivojlanishi T. fanining xususiy tadqiqot usullarini ishlab chiqish zaruratidan kelib chiqadi. Antropologiya, arxeologiya, etnografiya mustaqil oʻringa ega. Yordamchi T. fanlariga — manbashunoslik, arxeografiya, paleografiya, geraldika, numizmatika kiradi. Maxsus guruh — boshqa fanlar ehtiyojidan kelib chiqadi (mas., tabiiy fanlar T.i, texnika T.i, davlat va huquq T.i). T. fanining tarixini tarixshunoslik fani oʻrganadi.

Oʻzbekistonda T. fani. T. fani asrlar davomida qoʻlyozma asarlarda ifodalangan maishiy hayot, voqea-hodisalar, tarixiy personajlar va shaxslar haqida hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyantarixiy kontekstda tarixiy hayot yoʻlining shakllanishi, bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nazariy xulosalar chiqarish kabi murakkab ilmiy yoʻlni bosib oʻtdi.

Oʻzbekistonning eng qadimgi T.i haqida moddiy madaniyat yodgorliyutri va arxeologik topilmalar maʼlumot beradi. Mil. av. 1mingyillikkaoidyozma manbalar, zardushtiylarning muqadsas Avesto kitobida, axomaniylar davri kitobalarida (Bihistun, Naqshi Rustam va boshqalar) Turon va Movarounnahrning tabiati, xalklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Oʻzbekistonning qadimgi T. i haqida Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Polibiy, Diodor, Strabon, Kursiy Ruf, shuningdek, xitoy, arman, arab mualliflari yaratgan yozma manbalarda maʼlumotlarni uchratish mumkin. Asrlar davomida Oʻzbekiston siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy xayoti T.i haqidagi maʼlumotlar saroy yilnomachilari, tarixchilar, xonlar, podshohlar tomonidan yozilgan qoʻlyozma manbalar shaklida jamlana bordi. Oʻrta asrlar tarixnavisligida sulolaviy T.ga bagʻishlangan Bayhaqiyning "Tarixi Bayhaqiy", Nasaviynnng "Siyrat as-Sulton Jalol ad-Din Mankburni", Nizomiddinning "Zafarnoma", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Fazlulloh ibn Ruzbexonning "Mehmonnomai Buxoro", Hofiz Tanish alBuxoriyning "Abdullanoma", Muhammad Yusuf munshiyning "Tarixi Muqimxoniy", Muhammad Amin Buxoriynmng "Ubaydullanoma" kabi asarlari yaratildi.

Yaʼkubiyning "Kitob albuldon" ("Mamlakatlar xaqida kitob"), Tabariyning "Tarixi Tabariy", Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar"; maʼlum bir xudud tarixiga oid — mintaqaviy uslubdagi Narshaxiynpng "Tarixi Buxoro", Nasafiynshsh "Kitob alqand fi tarixi Samarqand" ("Samarkand tarixi haqida qanddek kitob") kabi nodir qoʻlyozma manbalarda Oʻrta Osiyo mamlakatlarining geografik holati, yirik shaharlari va aholisi, ularning turmush tarzi va mashgʻulotlari, karvon yoʻllari, urushlar, gʻalayonlar, ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy hayotiga doyr turli maʼlumotlar bayon etilgan.

Oʻrta asrlar tarixshunosligida Amir Temur va temuriylar davri T.i, ayniqsa, mufassal yoritilgan. Usha davrda yaratilgan "Temur tuzuklari", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"; Abdurazzoq Samarqandiyning "Matlaʼ us saʼdayn va majmaʼ ulbahrayn" ("Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qoʻshilish oʻrni"); Mirxondnnng "Ravzat ussafo" asarlarida Amir Temur va temuriylar saltanatining tashkil topishi, ichki va tashki siyosati, mamlakatning ijtimoiyiktisodiy va madaniy hayotiga oid muhim maʼlumotlar keltirilgan.

Oʻrta asrlarda davlat ishlari, boshqaruv tizimi haqida maʼlumot beruvchi Forobiynmng "Fozil odamlar shahri", Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Nizomulmulkniit "Siyosatnoma", Xondamiriing "Dastur alvuzaro", Muhammad Boqirxonning "Muvazayi Jahongiriy" asarlari yaratildi.

Oʻrta Osiyoda 3 ta mustaqil — Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklari vujudga kelishi bilan, 17—19-asrlarda ularning T.iga bagʻishlab alohidaalohida asarlar yaratildi. Uziga xos uslub va anʼanalarga ega boʻlgan tarixnavislik maktablari shakllandi. Buxoro va Xiva xonliklari T. i Abulgʻozsh Bahodirxonning "Shajarayi turk" va "Shajarayi tarokima", Muhammad Amin Buxoriy, Muxammad Sharif, Mirzo Shams Buxoriy, Munis, Ogaxiy, Bayoniy asarlarida keng yoritilgan.

Muhammad Solih Toshkandiy, Muxammad Hakim, Avaz Muhammad, Niyoz Muhammad, Mulla Olim Maxdumhoji asarlarida Koʻqon xonligi T. i bayon etildi. Rossiya tomonidan Oʻrta Osiyo yerlarining bosib olinishi arafasidagi voqealar, janglar tafsilotlari, Rossiyaning mustamlakachilik siyosati, 19-asrning 2yarmi — 20-asr boshlarida Ahmad Donish, Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy, Mirzo Salimbeklarning Buxoro T.iga oid asarlarida keltiriladi. Ushbu asarlarda oʻrta asr tarixnavisligi anʼanalariga koʻra, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy hayot, tashqi aloqalarga oid maʼlumotlar garchi muayyan bir tartibda berilmagan boʻlsada, jamiyat hayotining turli yoʻnalishlari boʻyicha qimmatli maʼlumotlarni koʻramiz.

Bu qoʻlyozma tarixiy asarlar oʻz davrining ilgʻor fikrli kishilari tomonidan yozilgan boʻlsada, oʻsha davrdagi hukmdorlar raʼyidan oʻtolmasdan, ularning manfaatlariga moye qilib yozilganligini, oʻz davri va muhiti, zamonasi tartiblari, taraqqiyot darajasi tafakkurining xos koʻrinishlari taʼsirini namoyon qiladi.

19-asrning 2-yarmidan boshlab Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishga qaratilgan siyosati tufayli Rossiya hukumatining maxsus topshirigʻini bajarish uchun oʻlkaga kelgan rus harbiy mutaxassislari, diplomatlari, sayyohlari, savdogarlari oʻz memuarlari, sayohati xotiralari va hisobotlarida ushbu mamlakat va uning xalkdari T.i, ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy ahvoli, moddiy boyliklariga oid maʼlumotlarni toʻplab, yozib qoldirdilar (mas., N. Muravyevning "Puteshestviye v Turkmeniyu i Xivu v 1819 i 1820 gg .", 1822; G. Meyendorfning "Puteshestviye iz Orenburga v Buxaru v 1820 godu", 1826; N. Xanikovning "Opisaniye Buxarskogo xanstva", 1843; N. I. Veselovskiyning "Ocherki istorikogeograficheskix svedeniy o Xivinskom xanstve s drevneyshix vremyon do nastoyahego", 1877; M. Terentyevning 3 jildli "Istoriya zavoyevaniya Sredney Azii", 1906; D. Logofetning "Buxarskoye xanstvo pod russkim protektoratom", 1911; va boshqalar).